INGLIZ TILIDAGI KO’P MA’NOLI SIFAT VA RAVISHLARNI TARJIMA QILISHDA UCHRAYDIGAN MUAMMOLAR

Authors

  • Eshonova Dilnoza Abrorovna Sam VMI litseyi ingliz tili o’qituvchisi

Keywords:

Sifat so’z turkumi, ravish so’z turkumi, shakl tushunchasi, mazmun tushunchasi, polisemantik so’zlar, sinonim va antonim so’zlar

Abstract

Har bir tilning o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi asliyatda foydalanilgan grammatik shakllarni tarjima tiliga ko’r-ko’rona emas, balki ular vositasida ifoda etilgan muqobil shakllar yordamida vazifaviy qayta tiklashni taqazo etadi. Jumladan, bugungi kunda sifat va ravishlarning ko’p ma’noliligi o’zbek tiliga tarjima qilish jarayonida bir qator nomutanosibliklarni keltirib chiqaradi. Sifat va ravishlarni matndagi leksik va grammatik xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularni o’quvchiga yetkazish jarayonida uchraydigan qiyinchiliklarni hisobga oladigan bo’lsak bu mavzuni qanchalik muhimligi ko’zga tashlanadi. Ko’p ma’nolilik kategoriyasini tahlil qilish murakkab tadqiqot bo’lib, bu borada tarjimonning yutuq va kamchiliklarini, o’quvchilarga muqobil variantlar asosida yetkazishdagi tarjimaning turl xil yo’llari va tarjimada vujudga keladigan muammolarni qamrab oladi.

Downloads

Published

2021-02-22

Issue

Section

Articles